Tumaris- Namangan va Sirdaryo xotin-qizlari uchun yangi imkoniyatlar maskani.

Biz ayollarga ilhom beramiz, o‘qitamiz va yangi iste’dodlarni ochishda va IT sohasida rivojlanishiga yordam beramiz. Bundan tashqari, biz bitiruvchilarga orzu qilgan ishlarini topishda yordam beramiz

TUMARIS TECH- Bizning vazifamiz qizlarga talab qilinadigan kasbni o‘rganishda yordam berish va ularni barqaror va farovon kelajak bilan ta’minlashdir buning uchun bizga IT Park hamda MITC yaqindan yordamlashmoqda.

O‘qish jarayonini oson va qiziqarli qilish uchun biz ta’lim jarayonida eng ilg‘or texnologiyalardan foydalanamiz

Har bir talabaga individual yondoshish, har hafta o‘quvchi darajasini tekshirish.

Bizning barcha o‘qituvchilarimiz real hayot tajribasiga ega bo‘lan eng yaxshi dasturchilardir.

Eng zo‘r ishtirokchilar sovg‘alar bilan mukofotlanishi mumkin va bitiruvchilarimiz qo‘shimcha ta‘limsiz ishga joylashishlari ham mumkin.

Loyiha haqida:

Loyihamizning maqsadi – 16 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan xotin- qizlarni axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari sohasiga mo‘ljallangan kurslarda o‘qitish, ularning amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda raqobatdosh AKT loyihalarini amalga oshirishda ayollarni bosqichma-bosqich o‘qitish;

Namangan va Sirdaryo viloyati xotin-qizlarini axborot texnologiyalari, dasturlash va ingliz tillari bo’yicha keng qamrovli o’quv dasturi orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.

Dastur davomiyligi 3 oy

Dars jarayonlari haftasiga 3 martadan 80 minutdan bo’lib o’tadi

O’quv jarayonlari IT Park hamda IT Centerlada bo’lib o’tadi

Ro'yxatdan o'tish
Markazlar xaritada
Ushbu kurs hamkorligida yaratilgan

va mutlaqo bepul hisoblanadi