Ru/Uz

Tumaris - Oʻzbekistonlik ayol-tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar maskani.

Taqdim etiladigan kurslar va dasturlar oʻz biznesini malakali rivojlantirish istagidagi ayol-tadbirkorlarga va sevimli mashgʻulotlarini foydali biznesga aylantirishni orzu qiladigan ayollarga moʻljallangan.

TUMARIS TECH - bu IT Park hamda Tadbirkorlikni va biznes-muhitni rivojlantirish boʻyicha USAID loyihasi hamkorligida boʻyicha tashkil qilingan loyiha boʻlib, ayollar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Siz biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun zarur va sifatli boʻlgan bilimlarni olasiz

Siz menejment, muzokaralar, marketing, savdo va yetakchilik sohalari uchun zarur koʻnikmalarni egallaysiz va yaxshilaysiz

Siz muvaffaqiyatli tadbirkorlar va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan netvorkingni yoʻlga qoʻyasiz

Eng yaxshi deb topilgan gʻoyalar investitsion platformaga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar

Ayollarning turli bosqichlardagi startap loyihalarini rivojlantirish uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari taqdim etiladi:

Inkubatsiya dasturi - bu oʻquv va amaliy dastur boʻlib, uning doirasida startap loyihaning gʻoyasi shakllantiriladi va ishlab chiqiladi, boshqacha aytganda, gʻoyaga ega boʻlgan, lekin biznes rejasi yoʻq yoki uni qanday amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida aniq tushunchaga ega boʻlmagan ixlosmandlar uchun moʻljallangan dastur (gʻoyadan MVPgacha).

Akseleratsiya dasturi - bu gʻoyaning prototipiga ega boʻlgan, jamoani birlashtirgan va oʻzlarining maqsadlari sari motivatsiya yetishmaganlar uchun loyihani moliyalashtirish va uni haqiqiy biznesga aylantirishga moʻljallangan oʻquv va amaliy dastur (MVPʼdan bozor miqyosigacha)

Har bir dastur 2 oyga moʻljallangan boʻlib, startap loyihalarni axborot va maslahat koʻmagi bilan taʼminlaydi, shuningdek, mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Kurs dasturi
13.01
Эксперт сессиялар.
15.01
Муваффақиятли тадбиркор ва етакчилик.
18.01
Жамоя шакиллантириш.
20.01
Лойиҳа ва жамоани бошқариш, лойиҳани ҳавфи ва баҳолаш.
22.01
Бозорни анализ қилиш ва истемолчини ўрганиш.
25.01
Ижтимои тармоқларда тарғибот ва PR.
27.01 18:30
Customer Development.
29.01
Сотувлар.
01.02
Маҳсулотни ўлчаш.
03.02
Гипотезаларни текшириш ва уларни текшириш учун тажрибалар ўтказиш.
05.02
Юридик шахсни рўйхатдан ўтказиш ва техник лойиҳаларга солиқ солиш.
08.02
Питч ва тақдимотлиар.
10.02
Эксперт сессиялар.
12.02
Эксперт сессиялар.
15.02
Эксперт сессиялар.
17.02
Сотувлар.
19.02
Бирлик иқтисодиёти.
22.02
Молиявий моделлаштириш.
24.02
Инвесторлар учун молиявий кўрсатгичларни қандай ҳисоблаш.
26.02
Бизнес режа тузилиши.
03.03
Амалий ишлар (бизнес моделлаштириш).
05.03
Эксперт сессиялар.
08.03
Эксперт сессиялар.
10.03
Эксперт сессиялар.
Ariza uchun taqdimotning namunasi:
O'tish
Ushbu kurs hamkorligida yaratilgan

va mutlaqo bepul hisoblanadi

Ushbu veb sayt Amerika xalqining AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali qilingan yordami bilan amalga oshirildi. IT Park Uzbekistan ushbu nashrning mazmuni uchun javobgardir. Bu USAID yoki AQSh hukumatining pozitsiyasini aks ettirmaydi.